Ellikqal’a fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqala fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tarixchi, nuroniy otaxon S.Ismailov hamda namunali nuroniy onaxon G.Abdullayeva, fakultet jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda mehmonlar o‘zlarining hayot yo‘li, amalga oshirgan ishlari va to‘plagan boy tajribalari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, yoshlarga foydali maslahatlar berdi.

Uchrashuv davomida avlodlar o‘rtasidagi muloqot, milliy qadriyatlar, vatanga muhabbat tuyg‘ularini yoshlar ongiga singdirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mehmonlar yoshlarni bilim olishga intilish, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish va keksalarni e’zozlashga chaqirdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.