Fakultetlarda “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan barcha fakultetlarda uchrashuvlar, tanlovlar va sport musobaqalari tashkil etildi.
➖Filologiya fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi!” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi. Iqtidorli talabalar rag‘batlantirildi.
➖Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti dekanati vakillari va tyutorlar 3-sonli talabalar turar joyida yoshlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning muammolarini o‘rgandi, fikr-mulohazalarini tingladi.
➖Sirtqi ta’lim bo‘limi talabalari o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. G‘olib va sovrindorlar rag‘batlantirildi.
➖Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash va kasbiy bilimlarini oshirish maqsadida “ABA terapiya, neyropsixologiya” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
➖Filologiya fakultetida tyutor D.Yuldasheva rahbarligida “Ayol – mehr va jasorat timsoli” mavzusida she’riyat kechasi tashkil etildi.

