Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan sport musobaqasi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan xotin-qizlardan iborat professor-o‘qituvchilar va pedagog xodimlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro do‘stona ruhda o‘tgan musobaqa ishtirokchilarga ko‘tarinki bayram kayfiyatini ulashdi. Musobaqa davomida jamoa a’zolari o‘zlarining jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar, sovrindorlar va barcha ishtirokchilar diplom, faxriy yorliqlar hamda institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Institutda bayram tadbirlari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.