Ayol-qizlarga hurmat: Qalblarni birlashtirgan bayram kechasi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram kechasi tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bahor faslining eng birinchi bayrami – go‘zallik timsoli bo‘lgan xotin-qizlar kuni bilan barcha ishtirokchilarni tabrikladi.

Bayram kechasida institutning “To‘maris” ashula va raqs xalq ansambli, shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlar ijrosidagi bayramona kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Tadbir ishtirokchilari qalbiga bayramona kayfiyat ulashdi.

NukusDPI matbuot xizmati.