Kechki ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Bahor malikasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan kechki ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “Bahor malikasi” tanlovi tashkil etildi.
Kechki ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha xotin-qizlar maslahatchisi X.Xudaybergenova tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovda 2-kurs talabalari orasidan namunali, ziyrak va qobiliyatli qizlar qatnashib, belgilangan shartlar bo‘yicha ijodiy qobiliyati, pazandalik mahorati, milliy qadriyatlarga hurmati va ma’naviy dunyoqarashini ko‘rsatishga harakat qildi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom hamda bayram sovg‘alari topshirildi.
