Fidoyi ayol-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!” mavzusida bayram kechasi tashkil etildi.
Kechaga fakultet tyutorlari, talaba-yoshlar va tozalik bekalari taklif etildi.
Tadbirda fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suluxan Paluaniyazova ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, institut atrofi va o‘quv auditoriyalari, xizmat xonalarining tozaligini ta’minlashda tozalik bekalarining o‘rni alohida ekanligini ta’kidladi.
Fidoyilik bilan xizmat qilayotgan soha vakillariga fakultet jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari topshirildi.
