Ayol-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari, uchrashuv kechalari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

➖Filologiya fakulteti tyutori N.Nurjanova rahbarligida badiiy ijod va kitobxonlikka qiziquvchi talaba-yoshlardan iborat “Mushoira” klubi a’zolari tomonidan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida yosh shoira Saxibjamal Sirg‘abayeva bilan uchrashuv tashkil etildi.

➖Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti “Olima qizlar” to‘garagida maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Gulnara Jumasheva va Ajiniyoz stipendiyasi g‘olibi Shohida Hayitimbetova bilan faol talaba-qizlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

➖Filologiya fakultetida “Olima ayol – jamiyat tayanchi” mavzusida uchrashuv o‘tkazilib, unda institutning qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi professori Mariya Bekbergenova, qoraqalpoq tili kafedrasi professori Alima Pirniyazova, ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Dina Mamirbayeva, rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Elmira Eshniyazova ishtirok etdi.