Fakultetda “Bahor malikasi” tanlovi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetida dekanning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Aytmuratovaning tashabbusi bilan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan “Bahor malikasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda fakultetdagi turli ta’lim yo‘nalishlaridan iqtidorli, bilimli, chaqqon va zukko talaba-qizlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar tanlov reglamentiga muvofiq turli shartlar asosida o‘z qobiliyat va ko‘nikmalarini namoyish etishga harakat qildi.

Qiziqarli tarzda o‘tgan tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.