Talaba-yoshlar o‘rtasida “Futzal ligasi” qizg‘in davom etmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlarni sport tadbirlariga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan “Futzal ligasi” turniri qizg‘in tarzda davom etmoqda.

Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va institut sport klubi bilan hamkorlikda yangicha formatda o‘tkazilayotgan turnirda fakultetlar jamoalari ishtirok etmoqda.