NukusDPIda ulusning ulug‘ kuni – amal bayrami keng nishonlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Filologiya fakulteti qozoq, turkman tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qozoq milliy-madaniy markazi bilan hamkorlikda qardosh qozoq xalqining milliy bayramlaridan biri bo‘lgan amal bayrami – ko‘rishish kuniga bag‘ishlangan adabiy-kompozitsion bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.
Ulusning ulug‘ kuni, yangi yil, yangi kunning boshlanishi sifatida nishonlanadigan bu bayram qozoq xalqining ota-bobolardan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlaridan biridir.
Hamjihatlik va totuvlik ramzi hisoblangan ushbu bayram ko‘p millatli Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham keng nishonlanishi an’anaga aylangan.
– Amal bayrami yoki ko‘rishuv – qarindosh-urug‘lar totuvligi, xalqlar hamjihatligining ifodasi. Chunki, bu an’ana qarindoshlar orasidagi totuvlikni mustahkamlab, topishtiradi. Odamlar bir-biriga yaxshiliklar tilab, olqishlar aytiladi, – deydi institutning qozoq, turkman tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Iristi Quttimuratova.
Kechada Filologiya fakulteti dekani Gulbahar Begmuratova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qozoq milliy-madaniy markazi rahbari Asqar Umbetayev so‘zga chiqib, uyg‘onish ayyomi, Navro‘z jarchisi bo‘lgan amal bayrami bilan tabrikladi, bu bayramning millatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Tadbir doirasida qozoq xalqining avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy taomlari, milliy kiyimlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, iqtidorli talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar, milliy an’analar va urf-odatlar aks etgan sahna ko‘rinishlari, savol-javoblar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
