NukusDPI jamoasiga Nukus shahri hokimligi tomonidan minnatdorlik bildirildi

Joriy yilning 13-14-mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilgan edi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlaridan iborat 7 mingga yaqin ishtirokchilar hashar doirasida tashkil etilgan “Toza shahar” ekologik aksiyasida faol ishtirok etib, poytaxtimiz Nukus shahrining bir necha mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash ishlarini olib bordi. Shu bilan birga, xayriya tadbirlarini tashkil etdi.

Ekologik aksiya yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan gala-konsertda Nukus shahri hokimi Abatbay Daniyarov tadbirda alohida faollik ko‘rsatgan institut jamoasi va talaba-yoshlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.