“Zakovat” bo‘yicha “Rektor kubogi” turnirining birinchi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Rektor kubogi” turnirining birinchi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan turnirda barcha fakultetlardan, shuningdek, magistratura bo‘limidan 30 dan ortiq jamoalar ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, turnir joriy yilning mart, aprel va may oylari davomida o‘tkaziladigan jami 5 turdan iborat bo‘ladi. Har bir tur ikki haftadan bir marotaba, haftaning juma kuni soat 16:00 da institutning Tabiiy fanlar fakulteti katta majlislar zalida o‘tkaziladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
