Talabalar turar joyida bahor nafasi: Ko‘k somsa tayyorlash bo‘yicha tanlov o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi yoshlar o‘rtasida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan milliy taomlarimizni targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va pazandalik mahoratini baholash maqsadida bahor taomi – ko‘k somsa tayyorlash bo‘yicha tanlov tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar respublikamizning turli tumanlari hamda viloyatlarida har xil retseptlar asosida tayyorlanadigan ko‘k somsani o‘ziga xos usulda tayyorlashga harakat qildi. Ular taomning nafaqat mazasiga, balki uning ko‘rinishi, bezatilishi va taqdim etilishiga ham e’tibor qaratdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning tayyorlagan taomlari baholanib, eng mazali va chiroyli tarzda tayyorlangan somsa egalari rag‘batlantirildi.

Bunday tanlovlar talabalar o‘rtasida do‘stlik muhitini mustahkamlash bilan birga, milliy qadriyatlarimizni kelajak avlodlarga yetkazishda ham muhim hisoblanadi.

NukusDPI matbuot xizmati.