Yoshlar bilan muloqotda “Kelajakka qadam” dasturi haqida ma’lumot berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan “Kelajakka qadam” dasturi haqida ma’lumot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet dekani Muhabbat Allambergenova, institutning “Kelajakka qadam” markazi mas’ul mutaxassisi Nursultan Tanbayev, kafedra mudirlari, fakultetning bitiruvchi va 2-kurs talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va yo‘nalishlar, biznes reja ishlab chiqish asoslari, biznes loyihalarni yo‘lga qo‘yish va moliyalashtirish imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Optimized by JPEGmini 3.18.32.260205554-TBTBLNP 0x905c306b

Optimized by JPEGmini 3.18.32.260205554-TBTBLNP 0x10b5fc3a