“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi a’zolari institutga tashrif buyurdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning huquqiy madaniyati va bilimlarini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur loyiha respublikamizda yoshlarga oid islohotlarning samaradorligini oshirish, ularning qiziqishlari va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar, innovatsion g‘oyalar dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda Adliya vazirligi sektor rahbari Nuriya Berdiniyazova, shuningdek, “Street Law” guruhi a’zolari tomonidan huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.

NukusDPI matbuot xizmati.