NukusDPIda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan xalq sayillari va teatrlashtirilgan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 26-mart kuni soat 11:00 da Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ulusning ulug‘ kuni, yangilanish va yosharish ayyomi – Navro‘z bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” mavzusida bayram sayillari va teatrlashtirilgan musiqiy-xoreografik konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Bayram sayillari doirasida 25-mart kuni soat 17:00 da institutning 1-sonli talabalar turar joyi oldida katta qozonlarda Navro‘z taomi – sumalak pishirilib, milliy taomlar ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Shuningdek, 25-mart kuni soat 15:00 da institut sport maydonchasida polvonlar kurashi, arqon tortish, qo‘l kurashi, tosh ko‘tarish, lanka tepish kabi milliy sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Barchangizni bayram sayliga taklif etamiz!

NukusDPI matbuot xizmati.