Navro‘z bayrami “Sumalak sayli” bilan davom etdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” mavzusidagi bayram sayillari doirasida “Sumalak sayli” tashkil etildi.

Tadbirda institut rektorati vakillari, yoshi ulug‘ professor-o‘qituvchilar, Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari va talaba-yoshlar 1-sonli talabalar turar joyi oldida Navro‘z taomi – sumalak tayyorlashda ishtirok etib, ulusning ulug‘ kunida ezgu tilaklar tiladi.

Bayram sayli institutning iqtidorli talaba-yoshlari ijrosidagi badiiy-adabiy chiqishlar, bayramona jo‘shqin qo‘shiqlar, raqslar, milliy urf-odat va an’analarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.