“Sumalak Party” – yoshlarga bayram kayfiyatini ulashdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” mavzusidagi bayram sayillari doirasida “Sumalak Party” yoshlar kechasi bo‘lib o‘tdi.
1-sonli talabalar turar joyi oldida o‘tkazilgan tadbirda institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan turli qiziqarli o‘yinlar, viktorinalar tashkil etildi.
Shuningdek, institutning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Siy perde”, “Tarannum”, “Baldauren” ansambllari tomonidan ijro etilgan milliy qo‘shiqlar yoshlarga katta zavq bag‘ishladi.
Kecha zamonaviy musiqalardan iborat DJ-shou dasturi bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
