NukusDPIda Navro‘z sayillari ezgu niyatlar bilan boshlanmoqda

Bugun, 26-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ulusning ulug‘ kuni, sharq xalqlarining yosharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan sayillar erta tongdan boshlanmoqda.

Sayilda Navro‘z taomi bo‘lgan sumalak qaynatilgan doshqozon nuroniy ustozlar boshchiligida ochilib, yaxshi niyatlar tilandi.

Eslatib o‘tamiz, institutda “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” mavzusidagi teatrlashtirilgan musiqiy-xoreografik konsert dasturi soat 11:00 da boshlanadi.

Barchangizni bayram konsertiga taklif etamiz!

NukusDPI matbuot xizmati.