NukusDPI talabasi Otabek Amatov “Turkish Open” xalqaro musobaqasida faxrli o‘rinni egalladi

Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida para taekvondo bo‘yicha “Turkish Open” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning 27 davlatidan jami 180 nafar para taekvondochi ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Quvonarlisi, musobaqada 80 kilogramm vaznda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy tarbiya ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabasi Otabek Amatov faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ahamiyatlisi, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o‘rin bilan yakunladi.

NukusDPI matbuot xizmati.