Ellikqal’a fakultetida soha rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan tegishli sohalarning mas’ul rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik B.Jamalov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik B.Shaxanov, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik B.Bekturdiev, Soliq bo‘limi boshlig‘i N.Abaev, fakultet dekani o‘rinbosari D.Qurbonova, tyutorlar, yoshlar yetakchisi va talabalar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, yoshlar ta’lim-tarbiyasining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.