NukusDPI jamoasi Taxto‘be etnoqishlog‘ida o‘tkazilgan Navro‘z tomoshalarida faol ishtirok etdi

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlari Taxtako‘pir tumanidagi Taxto‘be etnoqishlog‘ida tashkil etilgan umumxalq Navro‘z bayrami saylida faol ishtirok etdi.

Institut jamoasi tomonidan bayram sayli doirasida ko‘rgazmalar, milliy urf-odatlar va an’analar aks etgan sahna ko‘rinishlari tashkil etildi.