NukusDPIda o‘tkazilgan Navro‘z sayillari va bayram tomoshalarini “Jaslar TV” telekanali orqali tomosha qiling

Xabaringiz bor, joriy yilning 25-26-mart kunlari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” mavzusida bayram sayli va teatrlashtirilgan musiqiy-xoreografik konsert dasturi bo‘lib o‘tgan edi.

Institutda o‘tkazilgan Navro‘z sayillari va bayram tomoshalariga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuvni “Jaslar TV” telekanali orqali 29-mart kuni soat 12:00 da tomosha qilishingiz mumkin.

2026-yil 29-mart
“Jaslar TV” telekanali
Soat 12:00

NukusDPI matbuot xizmati.