NukusDPIda yangi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari ichki baholashdan o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yilida yangidan 60610500 – Sun’iy intellekt va 60220600 – Antropologiya va etnologiya bakalavr ta’lim yo‘nalishlari hamda 70110104 – Kattalar ta’limi (andragogika), 70111102 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi), 70220301 – Tarix magistratura mutaxassisliklari ochilishi nazarda tutilgan.

Bugungi kunda ushbu ta’lim yo‘nalish va mutaxassisliklar ichki baholash jarayonidan o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga sirtqi baholashdan o‘tkazish uchun asoslovchi hujjatlari yuborilgan.

Jumladan:

1) 60610500 – Sun’iy intellekt bakalavr ta’lim yo‘nalishining malaka talabi bo‘yicha bitiruvchilari kelajak o‘qituvchilarini mustahkam texnik bilim, pedagogik mahorat va innovatsion fikrlashga ega bo‘lishlari uchun tayyorlaydi. Bu yo‘nalish ularga sun’iy intellekt va robototexnika bo‘yicha ta’lim berish hamda bu texnologiyalarni amaliy qo‘llash imkoniyatlarini yaratadi.

Bitiruvchilar sun’iy intellekt, robototexnika va intellektual tizimlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘ladilar hamda ushbu bilimlarni ta’lim amaliyotiga samarali integratsiya qila oladilar.

2) 60220600 – Antropologiya va etnologiya bakalavr ta’lim yo‘nalishining malaka talabi bo‘yicha bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi institutlarida, huquq-tartibot organlari, davlat xavfsizlik organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida shuningdek, bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgan taqdirda, kasbiy ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.

3) 70220301 – Tarix magistratura mutaxassisligining malaka talabi bo‘yicha bitiruvchilari oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, kasbiy va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tekshirish institutlari hamda oliy ota’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot bo‘limlarida, Davlat statistikasi qo‘mitasi bo‘limlarida, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida, arxiv muassasalarida, milliy madaniy markazlarida hamda davlat va mahalliy boshqaruv organlarida ishlash huquqiga ega.

4) 70110104 – Kattalar ta’limi (andragogika) magistratura mutaxassisligining malaka talabi bo‘yicha bitiruvchilari qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

5) 70111102 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi) magistratura mutaxassisligining malaka talabi bo‘yicha bitiruvchilari oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari shuningdek, ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limlarida va h.k. ishlash imkoniyatiga ega.