Ellikqal’a fakulteti talabalari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakulteti talabalari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ekologik tashabbusni amalga oshirdi.
Tumanning “Iqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yoshlar yetakchilari va Ellikqal’a fakulteti talabalari hamkorligida ko‘chat ekish ishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida 1000 tupdan ortiq ko‘chat ekildi. Ushbu tashabbus hududni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Talabalar jarayonda faol ishtirok etib, nafaqat ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirdilar, balki tabiatga mas’uliyatli munosabat va jamoaviy ishlash madaniyatini ham namoyon etdilar.
