Turkiy tillar fakultetida “Yangilanayotgan Oʻzbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi siyosiy faoliyatini oshirish va gender tenglik masalalari” hamda “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzulari boʻyicha uchrashuv-seminar, ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Institutimizning Turkiy tillar fakulteti dekanati va fakultet xotin-qizlar qoʻmitasi yetakchisi, “Qizlarjon” ilmiy-adabiy toʻgaragining rahbari F.D.Sapayeva tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirni institut rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Farida Otenova ochib berdi, talabalarni tadbir mehmonlari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, tadbirda Turkiy tillar fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Sharapatdin Arziyev, Nukus shahar IIV JMB 4-son IIB profilaktika katta inspektori, mayor Azat Boranbayev (“Yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar, ularning oldini olish mezonlari” ma’ruzasi bilan), NukusDPI psixologi Guljamol Toreniyazova (“Oilada ayol-qizlarning tazyiq va zoʻravonlikka uchrashining kelib chiqish sabablari” ma’ruzasi bilan) ham qatnashdilar.

Tadbirda F.D.Sapayeva talaba-yoshlarga “Yangilanayotgan Oʻzbekistonda gender tenglikning huquqiy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi va talabalarning savollariga javob berdi.

Mazkur tadbirni tashkil qilishdan maqsadimiz: talaba-yoshlarning hozirgi kunda Respublikamizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, ularning ahamiyati, xotin-qizlar uchun berilayotgan imtiyozlar, ta’lim olish va oila qurishga, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, shuningdek gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlari, oilada ayol-qizlarning tazyiq va zoʻravonlikka uchrashining kelib chiqish sabablari, himoya orderlari, yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar, ularning oldini olish boʻyicha taklif va tafsiyalar, xususan yoshlarni har tomonlama ma’naviy savodxonligini oshirish, qolaversa, insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini anglashga undash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.

Ushbu uchrashuv-seminar talabalar tomonidan yuksak baholandi, ular ma’ruzachilarga murojaat qilib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, xususan buni ular orasidagi bahs-munozara, savol-javob, hayotiy voqelikka bogʻlash orqali tushunish, ajib disskus-suhbatga aylanib ketishini alohida e’tirof qilish mumkin.

Shundan soʻng, ushbu uchrashuv-seminar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkillashtiruvchi F.D.Sapayeva, dekan muovini Sh.Arziyev, tashrif buyurgan mehmonlarga ma’mnuniyatlik bildirdi.