Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSс.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar kun tartibi
8-oktabr 2021-yil Nukus shahri
Kun tartibi:
1. Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSс.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) ixtisosligi boʻyicha ilmiy ishlarni muhokama qilish masalasi.
2. Turli masalalar.
Birinchi masala boʻyicha ma’lumot
1. Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Turekeyeva Alfiya Jiyenbekovnaning “Malaka oshirish tizimini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish mexanizmlari” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: p.f.n., dots. Sh.E. Ne’matov
Taqrizchilar: p.f.n., dots. I.Q.Pirniyazov
p.f.f.d (PhD)., dots. A.Ibragimov
Ilmiy seminar majlisi ZOOM dasturi orqali boʻlib oʻtadi.