Xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan oʻqishini Nukus DPIga koʻchirish uchun yetarli ball toʻplay olmagan abituriyentlar diqqatiga!

Xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan oʻqishini Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga koʻchirish uchun yetarli ball toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt («super kontrakt») asosida oʻqishni xohlovchi abituriyentlar institutning qabul komissiyasiga kelib murojaat qilsa, onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtkazish ta’minlanadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu toifadagi abituriyentlar https://t-kontrakt.edu.uz/ sayti orqali boshqa joylardan onlayn tarzda hujjat topshirishi cheklangan. Shu tufayli, institut qabul komissiyasiga kelib murojaat qilishini soʻraymiz.

Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash joiz, bu faqat xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan oʻqishini Nukus DPIga koʻchirish uchun yetarli ball toʻplay olmagan, ammo «super kontrakt» asosida oʻqishni xohlovchi abituriyentlarga taaluqlidir.

Manzil: Nukus shahri, Pirjan Seytov koʻchasi raqamsiz uy (oldingi Gidromeliorativ kollej). Moʻljal: 26-kichik tumani hududidagi kichik bozor.

Nukus DPI qabul komissiyasi.