“Xalqaro qizlar kuni”ga bagʻishlangan tadbirda institut talaba qizlari munosib ishtirok etdi

Qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida butun dunyo hamjamiyati 11-oktabrni “Xalqaro qizlar kuni” sifatida nishonlaydi. Ushbu sana munosabati bilan turli xil tadbir va uchrashuvlar tashkil qilindi.
Shunday katta tadbirlardan biri, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi va Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar kengashi hamkorligida bo‘lib o‘tdi. Bu forumda institutimizning serqirra va tashabbuskor qizlari ishtirok etishdi. Forum, turli tuman tanlovlar va ko‘rgazmalarga boy bo‘ldi. Forum doirasida tashrif buyurgan mehmonlar kitobxonlik tanlovi, shoira va ijodkor qizlarning ijod namunalari, bilimdon va olima qizlar bilan maroqli suhbatlar, yurtimiz sportchi qizlarining chiqishlariga guvoh bo‘lishdi.
Maʼrifatli, yuksak axloqli qizlarimiz sabab jamiyatimizda sogʻlom oilalar qurilmoqda, sogʻlom farzandlar tugʻilib, ulgʻaymoqda, lider ayollar safi kengaymoqda. Har bir zakovatli, maʼnaviyatli qiz mamlakat ustuni bo‘lib yuraversin!
Qizlarimizning kiyinish madaniyati bo‘yicha taqdim etilgan milliy liboslar ko‘rgazmasi barchamizga o‘zgacha ilhom baxsh etdi. Bu liboslar esa, institutimizning yosh diyaznerlaridan Aytniyazova Mehriban kabi qo‘li gul qizimizning ijod mahsuli ekanligi, ko‘pchilikning hayratini oshirdi.
Institutimizning bir qancha faol talabalari, jumladan: Karimboyeva Dinora, Orinboeva Erkinoy, Azatova Muyassarlar ishtirok etdilar va o‘z ilmiy-amaliy yutuqlarini namoyish qildi. Forum so‘ngida har jihatdan yurtimizga namuna bo‘lgan zukko va ijodkor qizlar munosib taqdirlandi va e’tirof etildi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng madaniyat sohasi vakillari, talaba yoshlar ishtirokida bo‘lgan konsert dasturi hammada katta taassurot qoldirdi.
