Ijtimoiy tarmoq orqali yoʻllangan murojaat boʻyicha
«Facebook» ijtimoiy tarmogʻidagi «Xalq nazorati» jamoatchilik guruhida «Gulnara Xojametova» ismli foydalanuvchining Nukus davlat pedagogika institutida sentabr-oktabr oylari uchun stipendiyaning nima uchun kechiktirilayotgani haqidagi murojaati e’lon qilingan edi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti matbuot xizmati ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Davlat granti asosida oʻqiydigan talabalarning stipendiya toʻlovi boʻyicha
Ayni paytda institutda 2021-2022 oʻquv yilida davlat granti asosida oʻqiydigan yuqori kurs talabalari 1606 nafar boʻlib, ushbu talabalarning barchasiga sentabr hamda oktabr oylari uchun jami 916,449,8 ming soʻm miqdorida stipendiya toʻlandi.
Davlat granti asosida 1-kursda tahsil olayotgan talabalardan 666 talabaga sentabr oyi uchun jami 356,499,3 ming soʻm miqdorida naqd pul shaklida stipendiyalar toʻlandi. Mazkur talabalarga oktabr oyi uchun stipendiya tez orada naqd pul shaklida toʻlab berilishi ta’minlanadi. Shu bilan birga, ularga kelgusi oylarga stipendiya toʻlash maqsadida bank plastik kartalarini ochish uchun tegishli xizmat koʻrsatuvchi bankga soʻrovnomalar yuborildi.
Toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning stipendiya toʻlovi boʻyicha
Bugungi kunda institutda stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan hamda shartnoma shartlarida koʻrsatilgan summani toʻlagan jami 150 nafar talabaning sentabr va oktabr oylari uchun jami 74,258,0 ming soʻm miqdoridagi stipendiyalari toʻliq toʻlab berildi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti matbuot xizmati.