“Biz tazyiq va zo`ravonlikka qarshimiz” shiori ostida “Oiladagi zo`ravonlik: unga chek qo`yish imkoni bormi?” mavzusi bo`yicha uchrashuv-seminar bo`lib o`tdi

Institutimizning Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F.D.Sapayeva, Pedagogika fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi A.Menlibayevalar tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirni institut Xotin-qizlar masalalari bo`yicha rektor maslahatchisi Sayyora Bekchanova ochib berdi, talabalarni tadbir mehmonlari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, tadbirda Turkiy tillar fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari Sh.Arziyev, Pedagogika fakulteti dekan o`rinbasari J.Sultamuratov, Nukus shahar Islom bilim yurti direktor o`rinbosari A.Erejepov (“Biz xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoyalash tarafdorimiz” ma’ruzasi bilan) qatnashdilar.

Mazkur tadbirni tashkil qilishdan maqsadimiz: talaba-yoshlarning hozirgi kunda Respublikamizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, ularning ahamiyati, xotin-qizlar uchun berilayotgan imtiyozlar, ta’lim olish va oila qurishga, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, shuningdek gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlari, oilada ayol-qizlarning tazyiq va zo`ravonlikka uchrashining kelib chiqish sabablari, himoya orderlari, yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar, ularning oldini olish bo`yicha taklif va tafsiyalar, xususan yoshlarni har tomonlama ma’naviy savodxonligini oshirish, qolaversa, insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini anglashga undash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.

Ushbu uchrashuv-seminar talabalar tomonidan yuksak baholandi, ular ma’ruzachilarga murojaat qilib o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.