Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Shu yilning 28-yanvar kuni soat 15:00 da Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida xalqaro oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlikning natijalari va kelgusida amalga oshiriladigan rejalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz.

Manzilimiz: Nukus shahri, P.Seytov koʻchasi raqamsiz uy. Nukus DPI bosh binosining (oldingi Gidromelioratsiya kolleji) kichik majlislar zali.

Moʻljal: 26-kichik tumani kichik bozorining qarama-qarshi tomoni.

Ma’lumot uchun telefon: +99891 389 94 11

Matbuot konferensiyasi Nukus DPIning «YouTube» tarmogʻidagi rasmiy kanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efir orqali olib koʻrsatilishi rejalashtirilgan.

Nukus DPI matbuot xizmati.