Turkiy tillar fakulteti talaba-qizlari orasida “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida “Millatim – faxrim”, “Milliy libos – millat qiyofasi”, “Ona mehridan yaralgan alla…” mavzularida onlayn koʻrik-tanlov tashkillashtirildi
“Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida madaniyat va ma’rifat, doʻstlik va millat gʻururi, qardoshlik va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilayotgan e’tiborga munosib tarzda Turkiy tillar fakultetining toʻrt millatga mansub talaba-qizlari orasida “Millatim – faxrim” “Milliy libos – millat qiyofasi”, “Ona mehridan yaralgan alla…” mavzularida (joriy yilning 21-yanvardan – 31-yanvargacha) onlayn-tanlov tashkillashtirildi.
Mazkur onlayn-tanlovni talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida fakultetning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi yetakchisi F.D.Sapayeva e’lon qildi va oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman millatiga oid talaba-qizlardan kelgan rasm va videoroliklarni ijobiy baholadi.
Quyidagilar – fakultetimizning eng faol, eng zukko, eng chaqqon, eng goʻzal talaba qizlari deb topildi: 3-kurs talabalari J.Ukibaeva (qoraqalpq tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi), Z.Kutlimametova (turkman tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi), A.Jumabekova (qozoq tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi) va Z.Otajonova, F.Abdullayeva, S.Yuldashevalar (oʻzbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi), 2-kurs talabasi U.Tursinbaeva (qoraqalpoq tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi), 1-kurs talabalari P.Ahmedova, M.Sobirovalar (oʻzbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi).
Mazkur tadbirning maqsadi: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi: musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqtirishni oshirishga, iste’dodni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.


