Axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan oʻquv-seminari tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-apreldagi “Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2158-sonli qarori hamda 2013-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1989-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida oʻquv-seminari tashkil etildi.
Seminarni institut Axborot xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Babajan Yaqubov boshqarib bordi.
Oʻquv-seminarida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarasi boʻlim boshligʻi Jumambet Besinbayev ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini majmuaviy rivojlantirish bilan bir qatorda oʻz axborot tizimlarini xavfsizlik darajalarini takomillashtirib borayotganligini ta’kidlab oʻtdi.
Axborot-kommunikatsiya tizimlarida axborot xavfsizligiga tahdid keskin oshganligi, ayniqsa internet tarmogʻi paydo boʻlgandan boshlab, axborot oʻgʻirlash, axborot mazmunini oʻzgartirish, tarmoq va serverlardan beruxsat foydalanish, tarmoqqa tajovuz qilish, xizmatdan yoki axborotga daxldorlikdan boʻyin tovlash, joʻnatmalarni ruxsat etilmagan yoʻl orqali joʻnatish hollari koʻpayganlari haqida aytib oʻtdi.
Oʻquv-seminarida axborot xavfsizligini ta’minlashda qanday amaliy choralar qoʻllanilishi haqida ma’lumotlar berildi.
