Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi TTJda yashayotgan fakultet talabalarining sharoitlari bilan tanishdi
Talabaning yashash va o‘qish sharoiti bilan bog‘liq muammo ta’lim va tarbiyaning sifatiga bevosita daxldordir. Shunday ekan, ularning yashash sharoitiga e’tibor doimo nazoratda bo‘lishi zarur. Bu borada muammolar bo‘lsa uni albattta yechish – davr talabi. Talabaning bilim olishi biz uchun nihoyatda muhim. Shu taomilni ko‘zlagan maqsad bilan Turkiy tillar fakulteti dekanining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Sapayeva institutimiz TTJda yashayotgan fakultet talabalarining sharoitlari bilan tanishdi. Quvonarli holati shundaki, talabalar turar joyi hududiga kirish qismida turar joylar hududiga begona shaxslarni kirishini oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tuman IIB tomonidan alohida hudud nozirlari xonasi ajratilgan va faoliyati ta’minlangan.
Talabalar turar joylarida talabalarning yashashi, bilim olishi, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 600 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maskanning har bir qavatida dam olish xonasi (zamonaviy televizor, yumshoq mebellar bilan jihozlangan), ma’naviyat xonasi, oshxona, kompyuter xonasi (internet materiallaridan foydalanishi uchun), kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, TTJda tikuvchilik, kompyuter savodxonligi to‘garaklari faoliyat yuritishi ko‘zda tutilmoqda ekan.
Prezidentimizning «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3151-sonli qaroriga muvofiq institutimizda ham talabalar bilimini nazorat qilish, baholash tizimi yangi nizomi va yashash sharoitini o‘rganish ishlari ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.
