Talaba qizlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish: tajriba va innovatsiyalar

Ajiniyoz nomidagi NDPI talabalar turar joyida talaba qizlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatga jalb qilish yuzasidan ochiq muloqot tarzida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Jalelov ilmiy-metodik jurnallarga maqolalarni qabul qilish hamda e’lon qilish yuzasidan maslahatlar berdi.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Bekchanova ilmiy sohada xotin-qizlarning roli qay darajada, ilm bilan shug‘ullanayotgan ayol-qizlar haqida ma’lumotlar berdi.
Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish bo‘lim boshlig‘i R.Mambetnazarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, nomdor davlat stipendiyalari hamda institut miqyosidagi Ajiniyoz Qosibay o‘g‘li, I.Yusupov nomidagi stipendiyalar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish haqida yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berdi.
Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish bo‘limi injeneri X.Adilova Respublika fan olimpiyadasini tashkil etish va o‘tkazish tartiblarini talabalarga tushuntirdi.
Tadbirda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari va talaba-qizlar ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida NukusDPI Pedogogika fakulteti psixologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sh.Aysultan tomonidan “Stress holatlari va undan qutulish yo‘llari” mavzusidagi seminar-trening tashkil qilindi.
Tadbir savol-javoblarga boy, ochiq muloqot tarzida o‘tdi.
