Turkiy tillar fakultetida “Bahor malikasi” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi
Institutimiz faollar zalida Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi, “Qizlarjon” ilmiy-adabiy toʻgaragi rahbari F.D.Sapayeva tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirni institut Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi S.B.Bekchanova va fakultet dekani B.Davletovlar ochib berdi, jamoani, talabalarni tabrikladi.
Shuningdek, tadbirda Turkiy tillar fakulteti professor-oʻqituvchilari dots. Mapruza Embergenova, dots. Sh.Aldasheva, Sahra Begovalar; shuningdek fakultet tyutorlari: Nabira Nurjanova, Hamida Xudayberganova, Gozzal Xojamuratova, Temur Bekniyazovlar ham faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirni tashkil qilishdan maqsadimiz: talaba-yoshlarning ta’lim olish va oila qurishga tayyorgarlik, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, har tomonlama ma’naviy savodxonligini oshirish, qolaversa, insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini anglashga undash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan 3 shart boʻyicha bellashuv amalga oshirildi. Har xil mavzularda sahna koʻrinishlari, qoʻshiq va raqs, ijodkorlik namunalari namoyish etildi. Tadbirni fakultetimizning notiq qizlari: Kalibaeva Aynura va Abdullayeva Farangizlar olib bordilar.
Tadbirda faol 8 nafar talaba-qiz – 1-oʻrin Andaqulova Kimyoxon – FAKULTET MALIKASI, (2-kurs oʻzbek tili va adabiyoti), 2-oʻrin ikkita: Uzakbaeva Malika (1-kurs qoraqalpoq tili va adabiyoti) va Jumabekova Aray (3-kurs qozoq tili va adabiyoti) va nominatsiyalar boʻyicha: “Eng latofatli qiz” – Nurgeldiyeva Bike (1-kurs turkman tili va adabiyoti), “Eng ozoda qiz”- Sherimbetova Sarvinoz (3-kurs oʻzbek tili va adabiyoti) “Eng topqir qiz”- Polvonova Xonzodabegim (1-kurs qoraqalpoq tili va adabiyoti) “Eng chaqqon qiz” – Sobirova Saltanat (1-kurs qozoq tili va adabiyoti) “Eng savodxon qiz”- Usenova Dilfuza (2-kurs qoraqalpoq tili va adabiyoti) talabalari munosib topildilar, shuninngdek dekanat tomonidan diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Shundan soʻng, ushbu koʻrik-tanlovni tashkillashtiruvchi F.D.Sapayevaga, fakultet tyutorlariga, hakamlar hay’ati raisi va a’zolariga, ishtirokchi talabalarga, tadbir ishtirokchilariga fakultet dekani ma’mnuniyatlik bildirdi.
