Xushxabar! Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Davronbek Yendirbayev «Nihol» davlat mukofoti sohibi boʻldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti musiqa ta’limi yoʻnalishi 4-bosqich talabasi, yosh jirov Davronbek Yendirbayev «Nihol» davlat mukofoti sohibi boʻldi.

D.Yendirbayev respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilib kelinayotgan tanlovlar hamda festivallarda faol ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy egallab kelmoqda.

2019-yil Qozogʻiston Respublikasi Olmota shahrida boʻlib oʻtkan xalqaro koʻp janrlik IV «Gloria» tanlov-festivalida, shuningdek, 2020 yid Fransiyaning Parij shahrida «Art Line» xalqaro federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan «PRO ART» xalqaro koʻp janrlik tanlov-festivalida 1-oʻrinni egallagan.

Nukus DPI matbuot xizmati.