Chet tilidan ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!

📆 Ertaga, 21-iyul kuni barcha hududlarda chet tilidan ijodiy imtihonning yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi boshlanadi.

✅ Imtihonning yozma qismi 21-22-23-iyul kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi. Bunda:

1️⃣-smena — 08:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:00) da;
2️⃣-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 14:00) da boshlanadi.

👨🏻💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan binoga imtihon boshlanishidan 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

❗️ Imtihonga kechikkan yoki kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Nukus DPI matbuot xizmati.