Institutimiz o’qituvchilari xalqaro treningda qatnashdi

2018 yil 3 – 7 dekabr oralig’ida Erasmus+ dasturining MAGNET loyihasi komandasi – dosent Asiya Tureniyazova, katta o’qituvchilar Muratbay Amanbaev va Akjarkin Berdimbetova Ruminiyaning Dunarea de Jos  universitetida bo’lib o’tgan xalqaro treningda qatnashdilar.

Trening qatnashuvchilari “Ijtimoiy va jamoaviy tadbirkorlik” (“Social and Communitarian Etrepreneurship”) kursini muvaffaqiyatli tugatganligi haqida Sertifikat va Diplom olishga muyassar bo’ldilar.