Jismoniy madaniyat fakulteti tarixi

Jismoniy madaniyat fakul`teti tarixi

              1934 yili Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti ochilganidan buyon institut talabalariga jismoniy tarbiya fanidan darslar o`tila boshladi. Lekin usha vaqtda institutda jismoniy tarbiya buyicha mutaxassislarni tayorlab chiqaruvchi maxsus fakul`tet yoki maxsus kafedralar mavjud emas edi. Ikiinchi jahon urushidan keyingi yillarda Qoraqalpogistonda, ayniqsa yoshlar o`rtasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga keng yul ochildi. Ikiinchi jahon urushidan keyingi yillarda institutda talaba-yoshlar o`rtasida jismoniy tarbiya va g`alaba-sport ishlarini tashkillashtirish va olib borish, g`alaba-sportni rivojlantirish ishlari keng miqyosda olib borila boshladi. Usha vaqtlari jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish, g`alaba-sport ishlarini olib borish, salomatlikni mustahkamlash va boshqa ishlarni olib borish institutning harbiy bo`limiga biriktirilgan edilar. Institutda endigina tashkil qilingan, rivojlanish bosqichida tarbiya masalalarini va tashkiliy ishlarni rejalashtirishda va rivojlantirishda institutning ko`plab professor-o`qituvchilari tinmay mehnat qildilar. Jumladan 1945 yil fevral oyidan boshlab  Ikiinchi jahon urushi qatnashchisi kapitani marhum akademik Sabir Kamalov harbiy ishlar bo`limi kata o`qituvchisi bo`lib ishga joylashdi va institutda jismoniy tarbiya va g`alaba-sport ishlarini rivojlantirishga o`zining kata ulushini qo`gdi. Keyinchalik institutda 1947 yil maxsus fakul`tetlar ora «Jismoniy tarbiya» kafedrasi tashkil qilindi va kafedraga taniqli sportchi pedagog Xamid Xabibullin rahbarlik qildi. 1956 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika institutida «Jismoniy tarbiya» fakul`teti ochildi va mutaxassislik buyicha jismoniy tarbiya kafedrasi tashkil qilinib, usha yili fakul`tetga 50 nafar talaba o`qishga qabul qilindi. YAngidan ochilgan Jismniy tarbiya fakul`tetiga ilk bor P.F.Lesgaft nomidagi Leningrad davlat jismoniy tarbiya instituti bitiruvchilari Krasnikova E.V. dekan lavozimiga, Xotenko E.P. Jismoniy tarbiya teoriyasi va metodikasi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi. Usha vaqtlari fakul`tetning professor-o`qituvchilari tarkibi Moskva davlat jismoniy tarbiya instituti bitiruvchilari; Gulimbetov Q., Kagarmanov Q.T. va Izimbetov A.I., jumladan Leningrad davlat jismoniy tarbiya instituti  bitiruvchilari; Solov`ev V.I., Pushkin V.F. va Tbilisi davlat jismoniy tarbiya instituti  bitiruvchilari; Biblis R.G., Osipov E.M. larning  sport yunalishi buyicha mutaxasisslarni etishtirip berishda katta hissalari bor. YAngidan tashkillashtirilgan jismoniy tarbiya yunalishi buyicha institutda faqat o`quv-tarbiyaiiy ishlaridan tashqari Respublikamizda jismoniy tarbiya mutaxasisslarining o`quv-pedagogik va g`alaba sportni rivojlantirishdagi ijobiy ishlari natijalari yuzaga chiqdi. Institut jismoniy tarbiya mutaxassislarining tinimsix mehnatlari tufayli il bor 1956 yil institut talabalaridan;  yunon-rim kurash turidan Zaytov N., akademik eshkak eshish sport turidan Osetrov N., Kublashev T., Axmedov K., Fedotov I., Terexin V. va Vlasenko N. lar O`zbekiston terma jamoasi safida  Moskva shahrida bo`lib o`tgan «Sobiq ittifoq» xalqaro I spartakiadasida ishtirok etdilar. 1958-1959 yillari fakul`tetning professor-o`qituvchilari tarkibini va malakali kadrlar bilan to`liqtirish maqsadida fakul`tetga Nizami nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti bitiruvchilari ishga qabul qilindi. 1960 yili Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti «Jismoniy tarbiya» fakul`tetini daslabki qaldirg`ochlari o`z mutaxasissliklari buyicha bitirib chiqdi. 1990 yili Nukus davlat pedagogika  instituti bo`lib qayta ochilishi tufayli «Jismoniy tarbiya» fakul`teti tarkibida «Jismoniy tarbiya teoriyasi va amaliyoti», «Sport va harakatli o`yinlar», «Sport fanlari va fakul`tetlar aro jismoniy tarbiya» kafedralari ochildi. 1990-2005 yillar oralig`ida fakul`tet dekani lavozimida sport ustasi Mustafaev SH.A., biologiya ilmlari nomzodi Jienbaev B., dotsent Nurimbetov K., dotsent Aytniyazov A., dotsent Mambetov J., 2005-2015 yillarda fakul`tet dekani vazifasini pedagogika ilmlari nomzodi, dotsent Niyazov A. 2015 yildan buyon fakul`tet dekani lavozimda bioligiya ilmlari nomzodi Utepbergenov A. ishlab kelmoqda. Jismoniy madaniyat fakul`tetida 5112000 «Jismoniy madaniyat» bakalavr ta`limi yo`nalishlari bo`yicha umumta`lim maktablari uchun o`qituvchilar tayyorlanadi. Bugungi kunda 2017-2018 o`quv yili boshida jismoniy madaniyat fakul`tetida jami 447 nafar, shundan, 122 talabalar grant asosida, 325 talabalar shartnoma asosida tahsil olmoqda. Jismoniy madaniyat fakul`teti Nukus Davlat Pedagogika instituti tarkibida 1991yilda tashkil topgan. Uning tarkibida «Jismoniy tarbiya» va «Fakul`tetlar ora Jismoniy tarbiya» kafedralari faoliyat ko`rasatadi. «Jismoniy tarbiya» kafedrasida 27 nafar, shundan 2 ta fan nomzodlari, 3 ta dotsent, 9 ta katta o`qituvchi 14 ta assistent-o`qituvchilar  va “Fakul`tetlar ora Jismoniy tarbiya” kafedrasida 10 nafar shundan, 3 ta katta o`qituvchi, 7 ta assistent o`qituvchilar talabalarga ta`lim-tarbiya beradilar. «Jismoniy tarbiya»  kafedrasiga kata o`qituvchi Kazakov Azat Radjapovich raxbarlik qiladi. Kafedrada taniqli olimlar, fan nomzodlari b.f.n. A.Utepbergenov, p.f.n professor P.SHilmanov, p.f.n. A.Niyazov,  dots. A.Niyazov, katta o`qituvchilar A.Kazakov K.Najimov, S.Esemuratov, J.Mirzamuratov, K.Balmuratov, D.Karimov, J.Bekmuratov, A.Eshbaev va boshqalar jismoniy tarbiya va  sohalarining sir-asrorlarini talabalarga o`rgatadilar. Fakul`tetda  ma`naviy va ma`rifiy ishlari belgilangan rejaga binoan amalga oshiriladi. Bu ishlar fakul`tet dekani, ma`naviyat va ma`rifat masalalari bo`yicha dekan muovini, YOshlar itifoqi, «Xotin-qizlar kengashi» va  «Ustoz-shogird» kengashi, fakul`tet kasaba uyushmasi singari jamoat uyushmalari  hamjixatlikda olib boradilar. Fakul`tet talabalari sport musoboqalarida va tanlovlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. 2014-2015 o`quv yilida 4-kurs talabasi Masharipov Elyor sportning Dzyu-do turi bo`yicha bir necha marta O`zbekiston Respublikasi chempioni, 2013 yil 26-28 iyul` kunlari CHexiya mamlakatida yoshlar o`rtasida o`tkazilgan Evropa Kubok musobaqalarida I-o`rin, Ukrainada Kubok musobaqalarida III-o`rin.Universiada-2013 musobaqalarida II-o`rinni, 2014 Gran-pri musoboqasida III-o`rinni egalladi hozirgi kunda O`zbekiston terma jamoasi a`zosi, sport ustasi. NDPI voleybol qizlar jamoasi O`zbekiston Respublikasi chempionati, Kubok va «Universiada-2016» musobaqalarida faxrli II-o`rinni, «Kamolot kubogi-2016» sport musobaqasida I o`rinni egalladi. 2014 yil noyabrda O`zbekiston Respublikasi  Kubok musobakasida Nukus DPI futbol terma jamoasi II-o`rin, Qoraqalpog`iston Respublikasi chempionatida I-o`rin, O`zbekiston Respublikasi  «Kamolot» kubogi musobaqarida III-o`rinni egalladi.

               Institut voleybol komandasi  

 Fakul`tet talabalaridan 4-kurs  talabalari sportning Dzyu-do turi bo`yicha Mustafaeva Juldiz, Amangul` Allanazarova, erkin kurash turidan Seydametova Asem, 3-kurs  talabasi Baymanova Qunduz, akademik eshkak eshish bo`yicha 3-kurs talabasi Kdirbaev Islam, 4-kurs talabalari Aleksandrova Marianna, Baylepesova Aysara, Saparbaeva Raushan va Serjanov Batir, suzish sport turi bo`yicha 4-kurs  talabasi Ametov Salao`at O`zbekiston Respublikasi musobaqalari g`oliblari, 3-kurs talabasi Karimov Islam og`ir atletika bo`yicha bir necha marta O`zbekiston Respublikasi chempioni. 4-kurs talabasi Alimov Nauriz futbol buyicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi. 2015-2016 o`quv yili davomida Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Jismoniy madaniyat fakul`tetiga 1-kursiga  sportning dzyudo bo`yicha Pirimbetova Sulio`xan, akademik eshkak eshish bo`yicha Toltirganov Nurbolat, Orazbaeva Barshinay, Qoyjanova Bag`ila, og`ir atletika buyicha Utebaev Daulet, Muratbaev Muxammaddin, tennis buyicha Kutibaev Sanetulla, erkin kurash turidan Alimbetova Amina, engil atletika buyicha Dushamov Sohibjon, Kurbanbaev Tolibjonlar  O`zbekiston Respublikasi musobaqalari g`oliblari sifatida imtiyozli ravishda imtixonsiz o`qishga qabul qilindi. SHu qatorda ko`plab talaba yoshlarimiz jumladan,Genjemuratova Guljaxan sportning regbi turidan Uzbekiston terma jamoasi a`zosi, Nasirov Nurlibek dzyu-do sport turi bo`yicha O`zbekiston chempioni, sport ustasi.  Sportning qo`l jangi turi bo`yicha O`zbekiston va Qoraqalpog`iston chempioni, 2013-yil dekabr` oyida Toshkent shahrida bo`lib o`tgan XII xalqaro turnir g`olibi. Fakul`tetimiz «Begler» jamoasi institutimiz miqiyosida har yili o`tkazilib kelayotgan Quvnoqlar va Zukkolar ko`rik tanlovida faxrli o`rinlarni egallab kelmoqda.      Jismoniy madaniyat fakul`tetida sport musobaqalari g`oliblarini taqdirlash marosimi     Jismoniy madaniyat fakul`teti dekani A.Utepbergenov va sport musobaqalari g`oliblari   Jismoniy madaniyat fakul`teti 1-kurs talabalari basketbol va uni o`qitish metodikasi fanidan amaliy darisida D.Karimov 1-kurs talabalariga Gimnastika va uni o`qitish metodikasi fanida

NDPI voleybol jamoasi va murabbiysi A.Kazakov Universiada-2016 sport musobaqalari sovrindori