Talabalar turar joyida Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat peagogika instituti O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari talabalar turar joyida Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi. Tadbirda talabalar turar joyida yashovchi o‘zbek tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti hamda turkman tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari, Talabalar turar joyi rahbari U.Rametova, tarbiyachi I.Xudayarovalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida kitobxonlikning inson ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi ahamiyati, shuningdek, odob-axloq qoidalari xususida ham fikrlar almashildi. Talabalarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Hamza Allambergenov,
O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi.