Institutda faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlariga quvonch ulashildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan institutda faoliyat yuritayotgan tozalikga masʼul xodimlarning farzandlari uchun bayram sovgʻalari topshirildi.
Institut rektorati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasida tuzilgan jamoat shartnomasi asosida 74 nafar xodimning bolalari uchun birnechta turdagi sovgʻalar olindi.
Tadbirda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori R.Yeshmuratov, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi K.Gulimbetov bolalar hamda ularning ota-onalarini bayram bilan tabriklab, sovgʻalarni topshirdi.
Nukus DPI matbuot xizmati.
