Talabalar va magistrantlar diqqatiga!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘i 2-b bandida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili qabul kvotasini inobatga olib, keyingi 2025/2026-o‘quv yiliga institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari 2-kurs talabalari uchun ta’lim granti sonini talabalar sonidan kelib chiqib, ta’lim tili va kurslar kesimida to‘liq ta’lim granti va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantiga ajratgan holda tasdiqlandi.

Bunda:

To‘liq davlat granti – ta’lim granti bazaviy sonining 50 foizidan kam bo‘lmasligi;
To‘liq bo‘lmagan davlat granti – ta’lim granti bazaviy sonining to‘liq ta’lim grantidan qolgan qismining ikki baravari miqdorida belgilandi.

Bakalavr  ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi havola orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

NukusDPI to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti taqsimoti (BAKALAVR)

NukusDPI to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti taqsimoti (MAGISTRATURA)

Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori