NukusDPIda ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun oʻtkaziladigan imtihonlar jadvali tasdiqlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2024-2025-oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim yoʻnalishlariga qabul uchun oʻtkaziladigan imtihonlar jadvali tasdiqlandi.

Imtihonlar shu yilning 26-27-avgust kunlari bakalavriat taʼlim yoʻnalishi xususiyatiga koʻra test va kasbiy (ijodiy) imtihon tarzida oʻtkaziladi.

Ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun oʻtkaziladigan imtihonlar jadvalini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

NMPI ekinshi qánigelik imtixanlar kestesi (2024-2025)

Eslatma: Abituriyentlar imtihonlarga oʻzlari bilan fuqarolik pasporti (ID-kartasi)ni olib kelishi shart. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi. Musiqa taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha abituriyentlar imtihonga “Cholgʻu ijrochiligi” fanidan cholgʻu asboblarini oʻzlari bilan olib kelishi shart. Jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha abituriyentlar imtihonga sport formasi bilan kelishi talab qilinadi.

NukusDPI matbuot xizmati.