Prezidentimizning eʼtibori bilan qoraqalpogʻistonlik yoshlarga joriy yilda yana 10 ming qoʻshimcha kvotalar ajratiladi
Davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida joriy yilda ham qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun 6500 kvotadan tashqari toʻlov-kontrakt asosida 3500 qoʻshimcha kvota ajratilib, yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga talaba boʻlishini taʼminlash boʻyicha topshiriq berildi.
Joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga talaba boʻlgan yoshlardan tashqari, yana 10 ming abituriyent (2000 abituriyent Nukus shahridagi, 1000 abituriyent Toshkent shahridagi va 7000 abituriyent viloyatlardagi) talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻladi.
Bu boʻyicha tegishli rahbarlar tomonidan ishlar olib borilmoqda. Toʻliq ishlar yakunlangandan keyin qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
©️Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Axborot xizmati.