NukusDPIda “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi boʻlib oʻtdi

Shu yilning 22-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va huquqiy madaniyatni targʻib qilish maqsadida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
Fan olimpiadasida ishtirokchilar huquq sohalari – maʼmuriy, fuqarolik hamda oila huquqlari boʻyicha jami 50 savoldan iborat test savollariga javob berish orqali oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini namoyon etishga harakat qildi.
Fan olimpiadasi yakunida gʻolib va sovrindorlar institutning iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etish boʻlimi tomonidan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
