NukusDPIda ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun imtihonlar boshlandi

Bugun, 26-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2024-2025-oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim yoʻnalishlariga qabul uchun imtihonlar boshlandi.
Imtihonlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishi xususiyatiga koʻra test va kasbiy (ijodiy) imtihon tarzida oʻtkazilishi belgilangan.
Kirish imtihonlarining adolatli hamda oshkora oʻtishi institutning korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens-nazorat” tizimini boshqaruv boʻlimi mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan.
Maʼlumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim yoʻnalishlariga qabul uchun imtihonlar 27-avgustgacha davom etadi.
Eslatma: Abituriyentlar imtihonlarga oʻzlari bilan fuqarolik pasporti (ID-kartasi)ni olib kelishi shart. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi. Musiqa taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha abituriyentlar imtihonga “Cholgʻu ijrochiligi” fanidan cholgʻu asboblarini oʻzlari bilan olib kelishi shart. Jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha abituriyentlar imtihonga sport formasi bilan kelishi talab qilinadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
