Profilaktika inspektorlari hamda “Qalqon” guruhi aʼzolari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda

Xabaringiz bor, talabalarni turar joy taʼminlashda navbatlarning oldini olish, oʻquv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolish ehtimolini bartaraf etish maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 4 oʻrinda talabalar turar joylari hamda ijara uylari boʻyicha maʼlumotlar markazlarining faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ushbu markazlarda institutning talabalarni tura rjoy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi mutaxassislari, tyutorlar, volontyor yoshlar bilan birga profilaktika inspektorlari va “Qalqon” guruhi aʼzolari tomonidan turar joyga muhtoj boʻlgan talabalarni yotoqxona hamda ijara uylari bilan taʼminlash boʻyicha amaliy yordam berilmoqda.
Jumladan, profilaktika inspektorlari va “Qalqon” guruhi aʼzolari yangi oʻquv yili arafasida institut hamda uning atrofida jamoat tartibini taʼminlash borasida amaliy ishlarni olib bormoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
