O`zbek tili

  Kafedra mudiri :

p.f.n. dotsent Sh.Bo’ranova 

tel.:  
  e-mail:  
veb sayt: savod.uz

youtube:

 

Kafedra quyidagi  yo‘alishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:

Bakalavriat:

5111200 – o‘zbek tili va adabiyoti

5112400 – o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili

Magistratura

5А 111201 – o‘zbek tili va adabiyoti

Shuningdek, institutning barcha yo‘nalishlarida o‘zbek tili fanini o‘qitadi.

O‘zbek tili kafedrasi bo‘yicha ilmiy salohiyat 42,8% ni tashkil qiladi.

 

So‘nggi 3 yilda O‘zbek tili kafedrasida 2 ta monografiya yaratilgan:

Muhabbat Xudayarova. O‘zbek tilida taom nomlari: (Qoraqalpog‘iston hududi materiallari asosida) /. – Toshkent: «Noshirlik yog‘dusi» nashriyoti, 2020. – 116 b.

Shaxlo Yuldasheva. Zamonaviy dars. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. –Toshkent: Innovatsiya-ziyo, 2020. – 145 b.

So‘nggi 3 yilda 1 darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq maqola, 50 dan ortiq xalqaro va respublika anjumanlar to‘plamlarida ilmiy ma’ruzalar tezislari chop qilingan.

Professor-o‘qituvchilar QR-kodli o‘quv adabiyotlarini ham yaratishmoqda. Dots. SH.Yuldasheva, D.Kabulova, G.Yusupovalar 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan «O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi» ilmiy-ijodiy ishlar tanlovida “O‘zbek tili”, “Imlo qoidalarini o‘rganamiz”, “Savodxon” mobil ilovasi bilan  qatnashib,
1-o‘rin uchun diplom va pul mukofotini olishga sazovor bo‘lishgan.

 

Kafedrada EHM uchun dasturlar yaratilgan:

“5-sinf uchun “Ona tili” fanidan elektron o‘quv-metodik majmua” dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi. 2016- yil 30-dekabr. DGU 04136.

«O‘zbek tilidan interaktiv diktant» EHM uchun dasturi”. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi guvohnomasi. 2018- yil  25 aprel. DGU 05233.

«Savodxon» dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi guvohnomasi. 2019-19-12. DGU 07377.

«Hozirgi o‘zbek adabiy tili (sintaksis)» fanidan elektron o‘quv-metodik majmua”si. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi guvohnomasi. 2019-25-12. DGU 07430.

“Imlo qoidalarini o‘rganamiz” elektron o‘quv nashri. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi guvohnomasi. 2020-07-02. DGU 07703.

 

Xalqaro hamkorlik:

 

O‘zbek tili kafedrasi tomonidan xorijiy hamkorlar bilan quyidagi anjuman va seminarlar tashkil etilgan.

2019-yil 2 – 6-mart. Ankara universiteti, Ankara Hoji Bayram Vali universiteti, Istanbul universitetlari bilan hamkorlikda «O‘zbek tilini o‘qitishni takomillashtirish va perspiktivalar: o‘zaro tajriba almashish» mavzusidagi seminar. 

2019-yil 22-may. “O‘zgarayotgan ta’lim mazmuni va lingvistik tadqiqotlar: turkologiya istiqboli” mavzusida Nukus DPI va L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida  seminar.

2019-yil 24 – 26 iyun. Nur-Sulton shahrida  L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Universiteti, Yevroosiyo gumanitar instituti va Nukus DPI hamkorlikda o‘tkazilgan “Глобал әлем, болашақ мамандық және компетенциялар: жоғары білім орындарында түркі тілдерін оқытуды жетілдіру” mavzusidagi seminar.

2019-yil 27-28 iyun. Turkistonda Xo‘ja Axmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti va Nukus DPI hamkorligida o‘tkazilgan “Глобал әлем, болашақ мамандық және компетенциялар: жоғары білім орындарында түркі тілдерін оқытуды жетілдіру”  mavzusidagi seminar.

2020-yil 12-mart. Ankara universitetida  “O‘zbek tili grammatikasi, uslubiyati va o‘qitish metodikasining ba’zi masalalari” mavzusida seminar.

2020-yil 20-oktabr. 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan  “Globallashuv davrida o‘zbek tilining mavqei” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman.

2020-yil 18-noyabr. Istanbul universiteti tomonidan tashkil qilingan “Til va madaniyat hamkorliklari: O‘zbekiston” mavzusidagi seminar.

2020-yil noyabr. SH.Yuldasheva moderatorligida Nukus DPI va Turkiya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Qoraqalpoq tili va turkiy dunyo” mavzusidagi davra suhbati.

Kafedra tarkibi:

Yuldasheva   Shaxlo Shukurlaevna

p.f.n., dotsent

Ibragimov  Yuldash Matkarimovich

f.f.d., professor

Xo‘janiyazov   Eshboy

f.f.n., dotsent

Qurboniyazov Gulmirza Allambergenovich

f.f.n., dotsent

Bo‘ronova  Shoxista Menglibayevna

p.f.n., dotsent

Xudayarova  Muxabbat Tajimuratovna

f.f.n., dotsent

Sultanova  Aydin Menlibayevna

(PhD), dotsent

Ibragimova  Umida Yuldashevna

(PhD) dotsent v.v.b.

Yusupova Gulora Ataxanovna

(PhD), katta o‘qituvchi

Kabulova Durdana Satimovna

Dotsent v.v.b.

Jalilov  Sadaddin Alimbayevich

Katta o‘qituvchi

Urazboev Polat Zayirovich

Katta o‘qituvchi

Atiyazov  Saparbay Jumamuratovich

Assistent o‘qituvchi

Davlatmuradov Ilxam Rajapovich

Assistent o‘qituvchi

Jamolova  Zuxra Keulimjayevna

Assistent o‘qituvchi

Haytboev  Oybek Allambergenovich

Assistent o‘qituvchi

Ibodullaeva Inobat Nurulla qizi

Assistent o‘qituvchi

Karimbaeva Shaxida Baxtiyovna

O‘qituvchi-stajyor

Madaminova Rayxan Maratovna

Stajyor-tadqiqotchi